
O‘zbek 17
ILOVALAR
Ishlatish paytida
QAYD
• Modeliga qarab, jihoz xususiyatlari farq
qilishi mumkin.
• Chang cho‘tkasi yoki tirqish asbobini
ishlatsangiz, changyutkichning
tebranishini sezishingiz mumkin.
DIQQAT
• Vilkani rozetkadan sug‘urayotganda
shnurni emas, vilkaning o‘zini ushlang.
• Changyutkichni ko‘tarib ketayotganda,
changquti tutqichining tugmasini
bosmang.
• Jihozni saqlash uchun pol uchligini
korpusning tagidagi kichik bo‘shliqqa
joylashtiring.
Tozalash va texnik xizmat
ko‘rsatish
QAYD
• Chang ltrini tozalash uchun iliq suvga
neytral yuvish vositasi solib, ltrni 30
daqiqaga ivitib qo‘ying, keyin yuving.
• Chiqarish ltrini suv bilan yuvmang.
• Chiqarish ltri samarali ishlashi uchun
har yili almashtiring.
• Pol qirilmasligi uchun cho‘tka holatini
tekshirib turing, agar yeyilgan bo‘lsa,
almashtiring.
• Almashtirish ltrlarini mahalliy Samsung
xizmat ko‘rsatish vakilidan olish
mumkin.
• Quvvat shnurini ushlab turib, shnurni
yig‘ish tugmasini bosing, chunki
yig‘ilayotganida shnur bo‘sh qolsa, sizga
jarohat yetkazishi mumkin.
• Quvvat shnuri yaxshi yig‘ilmayotgan
bo‘lsa, shnurni 2 ~ 3 metr tortib chiqarib,
yana shnurni yig‘ish tugmasini bosing.
• Changqutini bo‘shatish va tozalash
uchun uni sovuq suv bilan chayish
mumkin.
• Agar so‘rish quvvati sezilarli tarzda
pasaysa, “Chang ltrini tozalash”
bo‘limiga rioya qilgan holda chang
ltrini tozalang.
DIQQAT
• Chang ltrini changyutkichga qaytarib
qo‘yishdan oldin uning batamom
quriganiga ishonch hosil qiling.
– Qurishi uchun 12 soatga qo‘yib
qo‘ying.
• Chang ltrining shakli o‘zgarmasligi va
rangi o‘chmasligi uchun quyosh tig‘ida
emas, soya joyda quriting.
• So‘rish quvvati kamaysa yoki
changyutkich haddan tashqari qizib
ketsa, chiqarish ltrini tozalang.
• Chang ltri joyiga noto‘g‘ri
joylashtirilgan bo‘lsa, so‘rish quvvati
sezilarli ravishda kamayadi.
• Shlangdan yot jismlarni olib tashlay
olmasangiz, yaqinroqdagi xizmat
ko‘rsatish vakiliga murojaat qiling.
• Changyutkichning shakli yoki rangi
o‘zgarmasligi uchun soya joyda saqlang.
Qaydlar va ehtiyot choralari
ILOVALAR
4_VC2100_UZ_00758F-01_CIS.indd 17 2016-12-21 오후 2:36:58
Comentarios a estos manuales